ECO NON — har kuni yangi, tabiiy va foydali non mahsulotlari. Kepakli qora nondan tortib, milliy patirgacha — barchasi o'z tegirmonimiz unidan tayyorlanadi.
"Tegirmon unida yopilgan"
ECO NON — Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan milliy non markazi. Bizning nonlarimiz o'z tegirmonimizda maydalangan bug'doy unidan, hech qanday sun'iy qo'shimchalarsiz tayyorlanadi.
Har biri o'z retsepti bilan, tegirmon unidan sevgi bilan pishiriladi
Tegirmon unida yopilgan, kepakli, foydali va to'yimli qora non.
Yumshoq, sut qo'shilgan an'anaviy milliy non.
Klassik retsept bo'yicha pishirilgan sog'lom qora non.
Patir shaklida pishirilgan, milliy uslubdagi qora non.
Har bir tarkibiy qism sinchiklab tanlangan — sog'liq va ta'm uchun
O'zimizning mahalliy bug'doy navlaridan tegirmonda un qildirib, kepagini olmay o'zi bilan maydalaymiz — chunki bug'doyning eng foydali kletchatka va vitaminlari aynan po'stlog'ida bo'ladi.
Yog'da eriydigan vitaminlar, Omega 3 va Omega 6 ga boy manba. Ichak faoliyatini yumshoq rag'batlantiradi. Tarkibidagi F va E vitaminlari qon tomirlarni tozalab, zararli xolesterinni kamaytiradi.
"Zamzam suvi nima niyatda ichilgan bo'lsa, o'sha niyatning ro'yobga chiqishiga sabab bo'ladi." "Yer yuzidagi eng yaxshi suv zamzam suvidir. U to'yimli taom va kasallikdan shifodir" (Hadisdan). Biz ham uni shifo bo'lsin niyatida qo'shdik — SHIFO BO'LSIN!
Halol sertifikatga ega hamirturush. Mahalliy qo'lbola hamirturushlardek nonning ta'mini buzmaydi, jig'ildon qaynatmaydi va nonni achchiq ta'm qilib qo'ymaydi.
Tabiiy tarkibni yakunlovchi ikkita sodda, ammo muhim unsur.
Nafaqat xastaligi borlar, balki sog'lom insonlar uchun ham foydali
Kepakka boyligi tufayli ich qotishining oldini oladi, ichaklarni tozalaydi va mikroflorani yaxshilaydi.
Glikemik indeksi past — qandli diabetga moyilligi borlar uchun foydaliroq.
Uzoq vaqt ochlikni bosadi va ortiqcha ovqatlanishni kamaytiradi.
Kamroq kaloriya, ko'proq tola (kletchatka) — parhezdagilar uchun juda mos.
Xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, qon bosimini me'yorda ushlashga ko'maklashadi.
B guruhi vitaminlari (B1, B3, B6), temir, magniy va rux manbai.
Organizmni zararli moddalar (shlaklar)dan tozalaydi.
"Kepakli nonning foydali xususiyatlari haqida juda ko'p gapiramiz. U nafaqat xastaliklarga, balki sog'lig'ida muammo yo'q insonlar uchun ham juda foydali! Sog'lom millatdan foydali ummat chiqadi. O'zingiz va farzandlaringiz sog'lig'iga befarq bo'lmang. Kepakli unga o'simlik moyi qo'shib tayyorlansa, uning shifobaxshligi yanada ortadi."
— Endokrinolog Azizbek AhmadjanovUn o'zimizning tegirmonimizda maydalanadi — sifat nazorati boshidan oxirigacha.
Nonlarimiz har kuni yangidan pishiriladi va shu kunning o'zida sotiladi.
Konservant va sun'iy qo'shimchalarsiz — faqat tabiiy mahsulotlar.
Namangan viloyati, Davlatobod tumani, O'rta Rovuston
Har kuni: 07:00 – 21:00
Davlatobod tumani, Namangan viloyati. Non markazimizga tashrif buyuring!